«Ilhom» fondi ijodkorlarni ilhomlantirmoqda

2019-08-12T12:03:15+00:0031 January, 2019|Umumiy yangiliklar|

Milliy matbuot markazida «Ilhom» jamoat fondi tomonidan 2018 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va galdagi – 2019 yil mobaynida bajarilishi ko‘zda tutilayotgan vazifalarni belgillab olishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Jurnalistlar savollariga javob bergan fond ijrochi direktori Jamshid Rizayevning aytishicha, “Oltin qalam”, “Yilning eng faol jurnalisti”, “Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovlari, musiqa va san’at sohasidagi festival, “Yilning eng yaxshi haykaltaroshi”, “Yilning eng yaxshi rassomi”, “Yilning eng yaxshi rangtasvir ijodkori” kabi tanlovlar va turli ijodiy tadbirlar hamda xotira kechalarini o‘tkazishga jami 1,4 milliard so‘m yo‘naltirilgan.
Shu bilan birga, ijodiy uyushmalar a’zolari va sohalarni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan faollar va ehtiyojmand faxriylarga moddiy yordam ko‘rsatish ishlariga 100 million so‘m sarflangan. Joriy yilda ham bu boradagi ishlar davom ettiriladi.
Matbuot anjumanida madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari vakillari “Ilhom” jamoat fond ko‘magida 2019 yilda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

Jobir Xo‘jaqulov,
Jurnalistlar uyushmasi yetakchi mutaxassisi